
"Olimpik" "Metallurg" bilan ikki marta to‘qnashgan (prevyu)
Bugun "Olimpik" jamoasi Coca Cola Superliga 13-turi doirasida "Metallurg"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkentdagi "Jar" stadionda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 20:00 da start oladi.
Shu kungacha "olimpiyachilar" bekobodliklar bilan 2 marta to‘qnash kelgan. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan, ikkinchisida esa Kopadze shogirdlari g‘alaba qozongan.
"Olimpik"ning "Metallurg"ga qarshi o‘yinlari:
Superliga-2022
11-tur, 26.06.2022
"Metallurg" - "Olympic" 0:0
Superliga-2022
24-tur, 02.11.2022
"Olympic" - "Metallurg" 2:1
Gollar: B.Abdumannonov 45+1 (avtogol), M.G‘iyosov 83 - B.Abdumannonov 89
Bugungi bahs ikkala jamoaning o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi.
Fikrlar