"Olimpik" ham jahon chempionati ishtirokchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 11 iyul, 2023, 13:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonda 5 iyuldan transfer oynasi ochildi. Jamoalar o‘z tarkiblarini kuchaytirishga kirishdi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, yaqindagina Argentinada o‘tkazilgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan "Turon" vakili Saidafzalxon Ahrorov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. U "Olimpik" safiga qo‘shildi. Timur Kapadze jamoadan ketganlar, ketayotganlar o‘rnini to‘ldirmoqda.

PFL saytidagi statistikaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Saidafzalxon Ahrorov bu mavsum "Turon" safida 4 uchrashuvda 49 daqiqa harakat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina "Buxoro" ham O‘zbekiston U-20 terma jamoasidan 3 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!