
"Olimpiakos" hujumchisi bu borada Ronaldu va Benzemani ortda qoldirdi!
Ayoub El Kaabi evrokuboklar pley-off bosqichida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
"Olimpiakos" hujumchisi 9 o‘yinda 11 ta gol urib, Konferentsiyalar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. El Kaabi UEFA turnirining pley-off bosqichida gol urish borasida rekordni yangiladi.
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu 2017 yilda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida va Karim Benzema 2022 yilda 10 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
2011 yil Evropa Ligasi pley-offida esa Radamel Falkao 10 ta gol muallifiga aylangan edi.
Fikrlar