Olimpiada chempioni doping saqlashda gumon qilinmoqda

CHERY AUTO

Frantsiya politsiyasi jazoirlik Olimpiada chempioni Taufik Maxlufi ishi bo‘yicha tergov olib bormoqda.

Tecno

Politsiya Parijdagi Milliy sport institutida (INSEP) topilgan doping preparatlari Maxlufiga tegishliligini aniqlamoqda. Joriy yilning sentyabr oyida INSEP da o‘tkazilgan tintuv davomida politsiyachilar shpritslar va in’ektsiya uchun mo‘ljallangan dori vositalari mavjud sport sumkasini topgan. Xuddi shu sumkada Maxlufining hujjatlari ham bor edi.

Eslatamiz, Taufik Maxlufi 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha London olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, u ikki karra "Rio-2016" kumush medali sovrindori va 2019 yil jahon chempionati kumush medali sohibi hamdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!