Olga Zabelinskaya yana bir Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun yaxshi imkoniyatga ega

CHERY AUTO

24-26 yanvar kunlari Kanadaning Milton shahrida velotrek bo‘yicha Jahon kubogining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, unda terma jamoamiz vakili Olga Zabelinskaya ham ishtirok etdi.

Tecno

Yurtdoshimiz musobaqa davomida garchi sovrinli o‘rinlardan biriga ilina olmagan bo‘lsa-da, asosiy vazifa – ikki yo‘nalishda (omnium va ochkolar poygasi) jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, kelasi oy Germaniyada o‘tadigan trek bo‘yicha dunyo birinchiligi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini beruvchi so‘nggi musobaqadir.

Reglamentga ko‘ra, omnium yo‘nalishida 2019 yil 6 iyulidan boshlab, 2020 yil 1 martiga qadar Olimpiada reytingida kuchli 20 talikdan joy olgan atletlar Tokio-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, Olga Zabelinskaya hisobida shossedagi guruh poygasi yo‘nalishida Tokio-2020 litsenziyasi mavjud. Bo‘lajak musobaqada hamyurtimiz yana bir Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!