Olga Zabelinskaya o‘zbek velosporti tarixida ilk bor "Jiro d'Italia Donne" musobaqasida ishtirok etmoqda

  • 1 iyul, 2022, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya mashhur "UCI" professional poygasi – "Jiro d'Italia Donne" bosqichida ishtirok etmoqda. Bu O‘zbekiston velosportchilarining bu kabi nufuzli poygada birinchi ishtiroki hisoblanadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 30 iyundan 10 iyulga qadar 10 bosqichda o‘tkaziladigan velopoygada jami 24 ta professional jamoa vakillaridan iborat 144 nafar velopoygachi qatnashmoqda. Musobqa sovrin jamg‘armasi 250 000 evro.

Ta’kidlash lozim, joriy yilning 18-21-iyun kunlari Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan musobaqada ham Olga Zabelinskaya muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!