Olga Zabelinskaya Italiyada tengsiz!

BEPUL PROPAN

Veloshossening guruh poygasi bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya boshqa yo‘nalishlardagi litsenzion musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Italiyada o‘tkazilgan velotrek bo‘yicha xalqaro musobaqaning 50 aylanadan iborat guruh poygasida O.Zabelinskaya barcha raqibalarini ortda qoldirdi va marrani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Uning ortidan kirib kelgan ukrainalik Yuliya Beryukova poygani ikkinchi bo‘lib yakunlagan bo‘lsa, 4 karra Olimpiada chempioni britaniyalik Laura Kenni kuchli uchlikni yaknulab berdi.

00a078b7-1239-4466-a0f0-1111deb662e1_1deda4703-22aa-4adc-a04a-237096e70ec0_1 

Eslatib o‘tamiz, musobaqa kelasi yili Tokio shahrida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etdi. Shu tariqa, hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 200 ochkoni qo‘shib qo‘ydi.

35cbb773-df23-470a-8bf2-a50555370108

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!