
Oleg Taktarov – Fyodor Emelyanenko, ikki jangchi ham o‘zining eng yuqori formasida bo‘lganida kim g‘alaba qozonardi?
MMA bo‘yicha taniqli faxriy, Rossiya Federatsiyasidan birinchi UFC chempioni Oleg Taktarov vatandoshi va afsonaviy MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi. Taktarov, agar ikkalasi ham eng yaxshi formada bo‘lganida, ularning jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi.
“Umuman olganda, Fyodorga Kstovodagi asosiy sparring sherigim bo‘lgan Sergey Lopovok jang qilishni o‘rgatgan. Uslubiga kelsak, Fyodor uloqtiruvchi jangchi, cambo va dzyudodan yaxshigina xabardor edi. Lekin, takror aytaman, men o‘zimning yuqori formamda undan ancha ustun edim”, - deya Taktarov so‘zlarini keltirdi “Sovet Sport”.
Ma’lumot uchun, Taktarov MMA dagi faoliyati davomida 17 g‘alaba va 5 mag‘lubiyatga ega. Uning ishtirokidagi ikkita jang durang bilan yakunlangan. Emelyanenko esa MMA da jami 40 ta g‘alaba va ettita mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar