Oladigan bormi? “Bavariya” eng qimmat yulduzlari narxi oshkor bo‘ldi
Germaniyaning Bild nashri jurnalistlari “Bavariya”ning eng qimmatbaho yulduzlari shartnomasidagi moliyaviy ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi.
Xususan, jamoa etakchilaridan Jamol Musialaning kelishuvida bu hujumkor futbolchini 175 million evroga transfer qilish mumkinligi rasman belgilab qo‘yilgan.
Musiala klub bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan bitimga ega. Unga ko‘ra, bu muddat tugashiga bir yil qolganida o‘yinchining transfer narxi 100 million evroga tushiriladi.
“Bavariya”ga kelganidan beri to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Harri Keynni kelasi yoz 65 million evroga xarid qilish imkoni bor. Myunxenliklar bu hujumchini olish uchun “Tottenxem”ga qariyb 100 million evro to‘lagan.



Fikrlar