
Oksana Chusovitina jahon kubogi final bosqichiga yo‘l oldi
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina o‘zi sevgan tayanib sakrash dasturida kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Vakilamizning chiqishini hakamlar 14,166 ball bilan baholadilar. Musobaqaning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha final bahslari ertaga bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining ushbu bosqichi Tokio Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan yanada ahamiyatli. Bo‘lajak bellashuvda yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar