OKMKning "Navbahor"ga qarshi statistikasi qanday?

  • 12 avgust, 2024, 13:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 15-turi doirasida "Navbahor" bugun Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 33 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 13 marta, namanganliklar esa 9 marta zafar quchishgan. 11 uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 42:41, OKMK foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 50 ochkoni, “lochinlar” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.  

Mazkur klublarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 16 ta bahsning 9 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, "Navbahor" 4 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 26:21, OKMK foydasiga. 

Eslatib o‘tamiz, OKMK  “Navbahor” uchrashuvi  12 avgust kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 19:00 da start oladi.

"Navbahor" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!