OKMK TsSKA bilan o‘ynaydi

  • 24 dekabr, 2024, 09:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK 2025 yilgi dastlabki qishki yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa 17 yanvardan 1 fevralgacha davom etadigan ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida 4 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Tecno

Hozircha olmaliqliklarning ikki raqibi nomi ma’lum bo‘lib, har ikkisi ham Rossiya vakillari hisoblanadi. OKMK mutasaddilarining muzokaralari natijasida, Abbosbek Fayzullaev to‘p tepayotgan va Rossiya Premer-ligasining grand jamoalaridan biri bo‘lgan TsSKA klubi bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, yuqori divizionga qaytish arafasida turgan "Ural" jamoasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi borasida kelishuv imzolandi.

Yig‘in doirasida "konchilar" 19 yanvar kuni TsSKA klubi bilan to‘qnash keladi, 22 yanvar kuni esa "Ural" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!