
OKMK Qozog‘iston chempioni bilan durang o‘ynadi
Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ullanayotgan OKMK klubi bugun Qozog‘iston klubi “Astana”ga qarshi maydonga tushdi. Unda hamyurtlarimiz 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Hamyurtlarimizning bellashuvdagi yagona goli Akrom Komilov hisobiga qayd etildi. U 61-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Raqiblarning golini 19-daqiqada Prokopenko kiritdi.
Bundan oldingi o‘yinda OKMK Qozog‘istonning "Atirau" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Fikrlar