
OKMK o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘iziston jamoasini yirik hisobda engdi
Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusdan samarali foydalanishni maqsad qilgan OKMK 16 iyul oqshomida Olmaliqda qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi jamoasi "Ozgon" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
OKMK FK uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumkor futbol namoyish etib, raqib darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Natijada jamoa o‘z ustunligini yaqqol namoyon etib, "Ozgon" darvozasini bir necha bor ishg‘ol qildi. Mehmonlar ham o‘z imkoniyatlaridan foydalangan holda qarshi hujumlarda aniq harakat qildi. Biroq yakunda «konchilar»ning maydondagi ishonchli o‘yini hal qiluvchi omil bo‘ldi.
O‘yin o‘ziga xos formatda – har biri 30 daqiqa davom etgan to‘rtta taym shaklida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy kechgan bahsda vakillarimiz raqib darvozasini 6 marotaba ishg‘ol qilishdi, mehmonlar esa bunga bitta gol bilan javob qaytardilar.
OKMK FK — "Ozgon" - 6:1
Gollar: Asad Sobirjonov (14), Arihiro Sentoku (25), Ali Abdurahmonov (27), Xurshid G‘iyosov (37), Ali Abdurahmonov (42), Giorgi Papava (93).
Fikrlar