OKMK o‘rtoqlik o‘yinida pro liga klubiga 4 ta gol urdi

  • 15 noyabr, 2024, 22:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffus paytida OKMK FK va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazishdi.

Tecno

Bahs nazorat uchrashuvi maqomida bo‘ldi va har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga binoan, 35 daqiqadan 4 ta taym davom etdi.

Ushbu bahs yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda OKMK yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Olmaliqliklar safida Nodirbek Abdurazzoqov, Aziz Xolmurodov, Mirjamol Qosimov va Ruben Sanchez raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Dastlabki ikki taymda OKMK FKning tarkibi:

Valijon Rahimov, Dilshodbek Ahmadaliev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Avazbek O‘lmasaliev, Saidafzalxon Ahrorov,Oybek Rustamov, Mirjamol Qosimov, Arihiro Sentoku, Nodirbek Abdurazzoqov, Aziz Xolmurodov, Xurshid G‘iyosov.

Navbatdagi ikki taymda OKMK FKning tarkibi:

Javohir Ilyosov, Eldorbek Begimov, Iskandar Businov, Giorgi Papava, Shohruh Gadoev, Abror Sarimsoqov, Irakli Ruhadze, Mihael Klepach, Ruben Sanchez, Ali Abdurahmonov, Kleydi Datsi.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!