
OKMK navbatdagi transferni e’lon qildi
OKMK jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Navbatdagi transferlardan biri 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Akbar O‘ktamov. Akbar O‘ktamov professional faoliyati davomida "Paxtakor" U-21 hamda Superliganing "Olimpik" jamoalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston U-19 terma jamoasi a’zosi sifatida xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan. Endilikda, futbolchi va OKMK futbol klubi o‘rtasida 3 yillik hamkorlik shartnomasi tuzildi.
Fikrlar