OKMK Abror Sarimsoqov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 20 iyul, 2024, 16:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davra boshlanishi oldidan OKMK jamoasi tarkibiga yana yangi yosh futbolchilar jalb etilgan.

Tecno

Chempionatning birinchi qismida U-21 jamoasi safida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan Abror Sarimsoqov Belarusda o‘tgan asosiy jamoa yig‘iniga jalb etilgan edi.

OKMK FK Abror Sarimsoqovning kelajagiga umid bog‘lagan holda u bilan amalda bo‘lgan bitimni 2028 yilning oxiriga qadar uzaytirdi.

"Umid qilamizki, Abror asosiy jamoamiz tarkibida ham o‘zining yorqin o‘yinlarini namoyish etib, kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi darajasiga aynan OKMK FK orqali etishib chiqadi", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!