OKMK - "Paxtakor". Ustunlik "sherlar" tomonida!

  • 20 iyun, 2024, 12:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turida OKMK o‘z maydonida amaldagi chempion - "Paxtakor"ni qabul qiladi. 

Tecno

Hozirga qadar chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 32 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 23 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "Sherlar" 58 to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 19 gol o‘tkazib yuborgan. Olmaliqda kechgan 16 o‘yinning 13 tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Mezbonlar esa 3 uchrashuvda yutuqqa erishgan. Poytaxt jamoasi OKMKga qarshi safar o‘yinlarida 31 ta gol urgan va 8 gol o‘tkazib yuborgan.

OKMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv erta 21 iyun, juma kuni soat 20:00da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!