OKMK - "Paxtakor": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?

  • 15 mart, 14:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Paxtakor" 16 mart kuni OKMK mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 34 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 23 bellashuvda "sherlar" g‘alaba qozongan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "Paxtakor" 60 to‘p kiritib, 25 gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni "sherlar" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritishgan. Olmaliqda kechgan 17 o‘yinning 13 tasida "Paxtakor" ustun kelgan. OKMK esa 4 uchrashuvda yutuqqa erishgan. Safarda 33 gol urgan holda, 12 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida. OKMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 2-tur bellashuvi yakshanba kuni soat 20:00 da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!