Og‘ir atletika. Tursunoy Jabborova mutlaq chempion, Kamola Karimovada 3 ta medal

CHERY AUTO

Toshkentda yakunlanib borayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida og‘ir vazn toifasida qizlar bellashuvi tugadi.

Tecno

Taniqli vakilamiz Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida qit’amiz yoshlari orasida tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi. Shuningdek, ushbu vaznda Kamola Karimova 3 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Yoshlar, -87 kg:
Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 235 (108+127) kg
Xo Pxong (Vetnam) – 194 (88+106) kg
Kamola Karimova (O‘zbekiston) – 182 (77+105) kg.

Mazkur g‘alabalar bilan vakillarimizni tabriklab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!