Og‘ir atletika. Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatida ilk medalimiz qo‘lga kiritildi

CHERY AUTO

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi. Unga -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Abdullaeva mualliflik qildi.

Tecno

Atletimizning dast ko‘tarish mashqida qayd etgan 86 kg, siltab ko‘tarishdagi 106 kg va umumiy hisobdagi 192 kg natijalar unga barcha dasturlarda bronza medallarini keltirdi.

Kang Hyong Gyong (KXDR) - 227 kg
Chen Guan-Ling (Xitoy Taipeyi) - 204 kg
Nigora Abdullaeva (O‘zbekiston) - 192 kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!