
Og‘ir atletika. O‘smir va yoshlarimiz Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi
Qozog‘istonning Astana shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ayollar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. +86 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arishdi.
Kumush medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (siltab ko‘tarish, yoshlar)
+86 kg: Nigora Suvonova (ikki kurash, yoshlar)
Bronza medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (dast ko‘tarish, yoshlar)
+86 kg: Mohinur Esonboeva (ikki kurash, yoshlar)
Shu tariqa, o‘smirlar jamoamiz mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 20 ta bronza, yoshlarimiz esa 5 ta oltin, 13 ta kumush hamda 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Ahamiyatlisi, har ikki jamoamiz ochkolar hisobi va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi jamoasiga aylandi.
Fikrlar