Og‘ir atletika. 2 sportchimiz 4 medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Meksikada davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda qatnashgan 2 nafar vakilimiz jamoamiz hisobiga 4 ta medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Tecno

Iqtidorli qizlarimizdan Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda hamyurtimiz faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, barcha yo‘nalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yigitlarimizdan Abrorbek Ma’rufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. Abrorbek kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast ko‘tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Afsuski, u ikki kurashda uchinchi o‘rin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, to‘rtinchi o‘rinda musobaqani yakunladi.

Og‘ir atletika o‘smirlar o‘rtasidagi JCh
Qizlar, -76 kg:

1. Rahma Elsayed (Misr) – 215 (95+120) kg;
2. Nigora Suvonova (O‘zbekiston) – 210 (91+119) kg;
3. Stefani Espinoza (Meksika) – 200 (90+110) kg.

Og‘ir atletika o‘smirlar o‘rtasidagi JCh
Yigitlar, -96 kg:

1. Gervasi Tabagari (Gruziya) – 317 (140+177) kg;
2. Saparli Muhiev (Turkmaniston) – 300 (133+167) kg;
3. Pablo Medina (Meksika) – 300 (131+169) kg;
4. Abrorbek Ma’rufbekov (O‘zbekiston) – 299 (133+166) kg.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!