OFKning murabbiylik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 8-yig‘ilishi nihoyasiga etdi

  • 16 aprel, 2019, 18:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha 15 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida murabbiylik ta’limi bo‘yicha mutaxasisslar guruhi yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berib o‘tgandik. Yig‘ilishni OFK Texnik direktori Endi Roksburg olib bordi.

Mazkur yig‘ilishda qatnashgan Osiyoning 15ta mamlakatidan tashrif buyurgan murabbiylik ta’limi bo‘yicha mutaxassislar OFKning 3-konferentsiyasi oldidan muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi. Ular qatorida O‘FA Murabbiylik ta’limi departamenti direktori Shavkat Imamov ham yig‘ilishda ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida OFKga a’zo yana 6ta mamlakatni, shu jumladan, Yaponiya (Pro diplomi bo‘yicha) va Filippinni ("A" litsenziyasi bo‘yicha) Murabbiylik ta’limi bo‘yicha Konventsiyaga qo‘shish ma’qullandi. Shuningdek, yana 25ta mamlakatdan Konventsiyaga qo‘shilish bo‘yicha topshirilgan arizalar mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqildi. Shu bilan OFKning murabbiylik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 8-yig‘ilishi nihoyasiga etdi.

Bugun 16 aprel kuni OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha konferentsiyasi ish boshlaydi. Mazkur konferentsiyada O‘zbekistondan Shavkat Imamov bilan birgalikda FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov ham qatnashadi. Konferentsiya davomida Osiyoda murabbiylik ta’limini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFK Konventsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

OFK konferentsiyasi 18 aprel kuniga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!