OFK va O‘FA rahbariyati o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda qanday masalalar muhokama qilindi?

  • 17 iyun, 2019, 15:28
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa hamda Ravshan Ermatov o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Suhbat boshida Shayx Salmon Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Suhbat davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish haqida gaplashildi. OFK O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Shuningdek, tomonlar turli dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi hamda kelgusi rejalarni muhokama qilishdi. O‘zaro do‘stona aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ham bildirib o‘tishdi.

Shayx Salmon va Ravshan Ermatov turli yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun har tomonlama hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati yuqoriligini alohida ta’kidlashdi hamda ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan o‘zaro ishonchni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Navbahor1996
17/06/2019 19:59
Р.Эрматов ишларизга омад алох омадизни берсин Узб футболини ривожида соглик бахт куч куват тилайман.
Абдусамат Жураев
17/06/2019 16:47
Бошланди саехат Эрматов Умиджонга ухшаб селфи килиб юраверманг
&
Surxon turon
17/06/2019 16:39
Маладдес