"OFK tomonidan ularga nimadir deyilgan bo‘lsa kerak"!

  • 16 iyun, 2022, 11:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston OTJ Yaponiyani 2:0 hisobida taslim etib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng termamiz a’zosi Otabek Jo‘raqo‘ziev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

- O‘yinlar ko‘p bo‘lgani tufayli maydon holati yomonlashib ketgan. 

- Mayda follarga keladigan bo‘lsak, ba’zida ular o‘ynashga imkon beryapti, ba’zida esa yo‘q. Bilmadim, OFK tomonidan ularga nimadir deyilgan bo‘lsa kerak.

- Yaponlarni o‘yinini yaxshi ko‘rib chiqdik. Ular 3-zonada ko‘proq pressing qilishyapti. Birinchi zonada, ya’ni o‘z jarima maydonlari atrofida odamni ko‘paytirishga urinyapti.

- Boshida raqibni o‘rganib oldik. Shu tufayli 20-daqiqadan so‘ng o‘yinimiz ochilib ketdi.

- Tanaffusda ham Kapadze ancha dalda berdi. Ikkinchi bo‘limda raqib charchab qolishini u bizga aytdi. Shu tufayli ham uchrashuv nazorati bizga o‘tdi.

- Bugun Vladimir Nazarov ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Chorak finalda ham seriyada u bizni qutqarib qolgandi. Menimcha, katta jamoalarda har kimning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar topiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!