OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi

  • 22 avgust, 2024, 15:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20-22 avgust kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Professional futbol seminari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

OFKning Professional futbol boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda klublarni litsenziyalash jarayonidagi yangiliklar va o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. OFK mutaxassislari bilan bir qatorda UEFA vakillari ham Evropadagi litsenziyalash jarayoni haqida, FIFA mutaxassislari esa tashkilotning professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalari xususida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, seminarda OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etish shartlari va ortda qolgan mavsum bo‘yicha Osiyo futboli sarhisobi haqida so‘z bordi. 

3 kunlik seminarda OFKga a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘zbekiston nomidan O‘zPFL Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov hamda ushbu bo‘lim etakchi mutaxassisi Jalolxon Inog‘omxo‘jaev ishtirok etdi.

Qolaversa, qit’a va jahon futboli ekspertlari, shuningdek OFK Professional futbol qo‘mitasi raisi Park Ji Sung va mazkur qo‘mita a’zosi Diyor Imomxo‘jaev ham seminarga taklif etildi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!