
OFK muxlislar uchrashuvlarni bepul tomosha qilishiga ruxsat berdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga yurtimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlariga tomoshabinlar bepul kiritilishi borasida so‘rovnoma yubordi.
OFK va O‘FAning o‘zaro muzokaralaridan so‘ng barcha futbol muxlislari “Paxtakor” va “JAR” maydonlarida bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlarga bepul kirishlari, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlashlari mumkin bo‘ldi.
Fikrlar