
OFK muhim o‘zgarishlarni e’lon qildi. Legionerlar limiti ko‘paytirildi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi bir qator muhim qarorlar qabul qildi.
- Osiyo Chempionlar ligasi va OFK kubogi 2023-2024 yilgi mavsumdan boshlab kuz-bahor formatida o‘tkaziladi.
- 2023-2024 yilgi mavsumdan boshlab xorijlik futbolchilar uchun kvota 5+1ga oshiriladi. Gap o‘yin uchun arizadagi legionerlar soni haqida ketmoqda.
- O‘yinchilar diskvalifikatsiyani hozirgidek ikkitadan keyin emas, balki turli o‘yinlarda uchta ogohlantirishdan keyin oladi.
- Endi 17 yoshli, 20 yoshli va 23 yoshli o‘smirlar o‘rtasida Osiyo Kubogi saralashida Sharq va G‘arb mintaqalariga qarab ajratilmaydi.
Fikrlar