
OFK mezbonlikni O‘zbekistonga berdi
Quvayt futbol assotsiatsiyasi U23 Osiyo chempionati saralashning "D" guruhi bahslariga mezbonlik qila olmaydi. Aytish kerakki, bu guruhga Saudiya Arabistoni, Bangladesh va O‘zbekiston terma jamoalari joy olgan.
O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegramdagi kanalida ma’lum qilishicha, OFK zudlik bilan Quvaytga o‘rinbosar qidirgan va ushbu saralash o‘yinlari mezbonligini Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekistonga taklif qilgan. Yakunda saralash turniri Toshkentda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, dastlabki uchrashuvlar 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar