
OFK ijtimoiy tarmoqda hakamni haqorat qilgan futbolchini qanday jazoladi?
Osiyo futbol konfederatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi o‘tgan mavsum Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Qatarning “Al-Sadd” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi dastlabki o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun “Al-Sadd” futbolchisi Bag‘dod Bunejani jazoga tortdi.
Unga ko‘ra Buneja 10 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydi. Bundan tashqari u 2 oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum OChL yarim finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Al-Hilol” klubi “Al-Sadd” 6:5 hisobida ustun kelgan va finalga yo‘l olgan edi.
Fikrlar