O‘FF va MOQning sobiq rahbari Mirabror Usmonov komaga tushib qoldi

  • 14 mart, 2019, 12:34
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining sobiq prezidenti, senator Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu ma’lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Tecno

71 yoshli Mirabror Usmonov o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastalik sabab klinikaga yotqizilgan. Ayni vaqtda u behush qolmoqda, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurash olib borishmoqda.

Mirabror Usmonov 2005 yildan buyon Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi. U 1990—1992 yillarda O‘zbekiston Savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «O‘zbeksavdo» raisi, 1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

U 2006—2017 yillarda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezident bo‘lgan, 2013—2017 yillarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi hisoblangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Said Said
14/03/2019 12:07
Egan horamlari teshib chiqsin
FC Andijan
14/03/2019 13:55
Odamgarchili yuzasidan yozelik
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
14/03/2019 11:55
оллоҳ шифо берсин