O‘FA rahbariyati OFK mas’ullari bilan kelishilgan o‘yinlar, totalizatorga qarshi kurash va VAR tizimi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

  • 18 iyul, 2019, 14:06
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferentsiyasida O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov mamlakatimizda futbol rivoji uchun amalga oshiriladigan ishlar xususida gapirib, futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlar bilan keskin kurash olib borilishini ta’kidlagan edi.

Tecno

Shu boisdan ayni paytda Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida bo‘lib turgan Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘FA delegatsiyasi OFKning ushbu yo‘nalish bo‘yicha mas’ullari – AFC Integrity departamenti rahbari Ahmed Alosaymi hamda Sportradar kompaniyasi direktori Oskar Brodkin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida OFK vakillari O‘zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o‘yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda bu borada o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini ma’lum qilishdi. O‘z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to‘sqinlik qilayotgan turli qing‘irliklardan holi bo‘lish muhim ekani, kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga qarshi kurashda O‘FAning qit’a futbol konfederatsiyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini ta’kidladi.

Shuningdek, FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hani Ballan hamda OFK hakamlar boshqarmasi direktori Shamsul Maydin bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda Osiyodagi va O‘zbekistondagi hakamlikni rivojlantirish, hakamlar saviyasi va mahoratini oshirish uchun seminarlar tashkil etish, hakamlikni havaskorlikdan professional yo‘nalishga o‘tkazish, VAR tizimi kabi masalalar muhokama qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
18/07/2019 21:03
Келишилган уйинлар йок булса зор уйинчилар чикади узбдан
&
Surxon turon
18/07/2019 18:22
Ички чимпиянатда келишлган ӯйинларди хаммасида хакамларди қӯли бор
&
ELYORBEK_FCB
18/07/2019 15:02
Endi haqiqiy òsishni kòrasiz
Islom Андижанский
18/07/2019 22:46
Хакикий усишни 50 йил дан кегин курасиз
&
ELYORBEK_FCB
18/07/2019 23:43
Hudo holasa òsha kunlarga yetsak kòramiz