O‘FA Eron va Yaponiya futbol assotsiatsiyasini ortda qoldirib, Osiyoda tengsiz deb topildi!

  • 31 oktabr, 2023, 22:52
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarli tomoni, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qayd etish joiz, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o‘zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U23 va U20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda o‘tkazildi. Qit’a miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar o‘rtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida O‘FA faollik ko‘rsatdi. Ushbu sa’y-harakatlar OFK tomonidan munosib e’tirof etildi.

Mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari ko‘rsatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
01/11/2023 09:40
ОФК УФА ни супер лигани кандай ташкил этаётганини билмайди бу ташкилотда урнашиб олган каррупсионерларни билмайди булмасам охиридан 1 чи уринни беган буларди.
АЛИ
01/11/2023 14:43
Bolam adashding bizni liani umuman qidirib ham topib bilmaydi hech qaerda yuq yana biri PAHTAKORGA 2024 CHEMPIONI BOʻLDI DEB HISOBLAYDI ,, BU NOMERI OʻOO LIGA BIZNING FUTBOL LIGAMIZ
&
Dili
01/11/2023 12:18
Илтимос блогерлар кайтдаги кулгули нарсаларди езманглар