O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

  • 27 iyun, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan taniqli hakam Ravshan Ermatov bugun 27 iyun — matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ushbu sohada mehnat qilayotgan barcha insonlarni tabrikladi.

Tecno

“Hurmatli Ommaviy axborot vositalari xodimlari, aziz do‘stlar, o‘zbek futbolining haqiqiy jonkuyarlari! Bugungi kasb bayramingiz bilan futbol oilasi nomidan tabriklayman. Futbol olamidagi yangiliklarni muxlislarga xolis, batafsil hamda aniq tarzda etkazib berishda OAVning o‘rni nihoyatda beqiyos. Ushbu mas’uliyatli kasbingizni ado etishda sizga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, ish-faoliyatingizda omad tilayman va doim futbolga bo‘lgan mehringiz ana shunday baland bo‘lishiga tilakdoshman”, - deydi Ermatov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
27/06/2019 10:59
Бу равшандан хам кӯнгил қолаяпди тотолизатирди тозалайдими десак авж олдирадиганга ӯхшайди баба ӯхшаганларни узбек фидболига аралаштириб