Odil Ahmedovning supergoli yirik g‘alabaga yo‘l ochdi!

  • 1 sentabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy chempionatining sakkizinchi turida “V” guruhida peshqadamlik qilayotgan “Shanxay SIPG” musobaqa autsayderi “Tyanztsin Teda” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Joriy mavsumda Xitoy chempionatida 16 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boryapti. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan to‘rttadan jamoa pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Qolgan jamoalar esa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘ynaydi.

Odil Ahmedov, Xalk, Oskar va Arnautovich etakchiligidagi shanxayliklar joriy chempionatda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Sakkizta uchrashuvdan oltitasida g‘alaba va ikkitasida durang qayd etgan “Shanxay SIPG” 20 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlikni mustahkamladi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida hisobni Odil Ahmedov ochdi. O‘zbek legioneri braziliyalik yulduz Oskarning burchakdan oshirgan to‘pini tuxtatmasdan uzoq masofadan darvoza to‘riga aniq joyladi. Bir so‘z bilan aytganda super gol.

e225cc8a01d669cc89863ad3419150e3

Odilning goli jamoadoshlarining ruhini ko‘tardi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xalk hisobagi farqni ikkitaga etkazdi.

image_9

Bellashuvning ikkinchi bo‘limi ham mezbonlarning katta ustunligida davom etdi. Marko Arnautovich bo‘lim o‘rtalarida Oskarning uzatmasini golga aylantirdi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida esa shanxayliklar yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gal Oskar o‘z hisobiga navbatdagi golni yozib qo‘ydi. 

340444

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida mehmonlar futbolchisi Jao Xonglue yagona javob to‘pini kiritdi. 

Shu tariqa, shanxayliklarning mohir legionerlari bittadan gol urib, "Shanxay SIPG"ning navbatdagi yirik g‘alabasini ta’minlab berdi - 4:1. 

Yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan “Tyanztsin Teda” yana ochko yo‘qotdi. Bu jamoa sakkizta uchrashuvdan atigi bittasida bir ochko olgan xolos. Qolgan barcha uchrashuvlarda raqiblarga imkoniyatni boy bergan.

Joriy mavsumda “ShanxaySIPG” jamoasi Xitoy chempionligiga asosiy da’vogarlar biri sifatida e’tirof etilmoqda. Odil Ahmedov bu jamoa safida 2018 yili chempionlik sovriniga sazovor bo‘lgan edi.

Odil Ahmedov bugun gol urishi kerak!

Shavkat Mirziyoev Odil Ahmedovni yuksak unvon bilan taqdirladi

O‘runovga e’tibor va uning narxini oshishida Ahmedov va Shomurodovning hissasi katta!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!