Odil Ahmedovning sobiq ustozi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
Angliyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi – Chempionshipda ishtirok etuvchi “Sheffild Uensdey” klubi bosh murabbiylikka “Shanxay SIPG” sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boashni taklif etmoqchi.
40 yoshli mutaxassis noyabr oyida Xitoy klubidan ketgan edi va yanvarda “Dakar-2018” rallisida ishtirok etmoqchi edi.
The Sun xabariga ko‘ra, “Sheffild” egasi Jepxon Chansiri portugaliyalik mutaxassisni ralli yakuniga qadar kutishga tayyor.



Fikrlar