Odil Ahmedov: "Milliy" stadionda vaqtincha o‘yin o‘tkazmaslik kerak. Chunki...

  • 7 iyun, 2019, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 4:0 hisobida terma jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

O‘yindan so‘ng terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Muxlislar oldida albatta bosim bo‘ladi va shu bois birinchi bo‘limda biroz asabiy o‘yin bo‘ldi. Asosan birinchi golgacha qiynaldik, keyin esa raqib bo‘sh zonalar yaratdi va biz bulardan unumli foydalanib yirik hisobda g‘alaba qozondik.

Bugun bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga juda ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Shukrki, ularning oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Yosh futbolchilarga mana shunday uchrashuvlarda imkoniyat berilishi kerak deb o‘ylayman. Chunki, yoshlar – kelajagimiz. Ular mana shu kabi o‘yinlarda o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishadi va ularda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch ortadi.

“Milliy” stadion maydonini yaxshilashga harakat qilishgani ko‘rinib turibdi. Ammo, yangilangan chim hali o‘yinga to‘liq tayyor emasligini hamma ko‘rdi. Menimcha, hali bu maydonda o‘yin o‘tkazmay turish lozim. Chunki, maydon chimi hali yaxshi jipslashmagan va shu bois ko‘chib ketyapti”, - deydi Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilmurod Rustamov
07/06/2019 23:33
balki qarshida qilarmiz???
&
Surxon turon
07/06/2019 23:21
Jar stadiyonda utgazinglar xamma tomani idial bizda bunyodkor stadiyoni bor
&
Jahongir.uz
07/06/2019 22:36
Navbahorda bo'sin. Surya bn o'yin
Ravshan Tursunov
07/06/2019 22:24
Сурия билан уйинни Пахтакорга кучириш керак