
Odil Ahmedov jamoasi bugun peshqadamga qarshi o‘ynaydi
Bugun Xitoy Superligasida 6-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” B guruhi etakchisi hisoblangan “Beytszin Goan” mehmoni bo‘ladi.
Shanxayliklar hozirda peshqadam “Beytszin Goan”dan 2 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda. Agar "Shanxay SIPG" ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, guruh peshqadamiga aylanib olishi mumkin.
Turning markaziy bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar