Odil Ahmedov Fayzullaevga qaysi liga mos ekanini aytdi!

  • 4 avgust, 2024, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining eng yorqin o‘yinchilaridan biri Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va Abbosbek Fayzullaev haqidagi savollarga javob berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno
 
 
 
 

Odil Ahmedov o‘zbek va rus futbolini yaxshi biladigan mutaxassislardan sanaladi. Professional faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashqari, Rossiyaning “Anji” va “Krasnodar” klublarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Ahmedov faoliyatining so‘nggi bosqichida Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyantszin Teda”, “Tsanchjou Mayti Layons” jamoalarida o‘ynagan.  

- Olimpiya o‘yinlaridek katta musobaqada ishtirok etish albatta har tomonlama yoqimli. Bizga ko‘p narsa etishmadi, lekin bu juda katta tajriba bo‘ldi.

Keyingi Olimpiada yanada puxta tayyorgarlik ko‘ramiz, deb umid qilaman. Bu gal kamchiliklarimizni ko‘rib oldik va nimalar ustida ishlashni bilamiz. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda yanada yuqoriroq ko‘tarila olamiz.

Abbosbek Fayzullaev ajoyib futbolchi, Olimpiadada ham mahoratini ko‘rsata oldi. Bu erda o‘yinlar shiddatli va jamoamiz o‘yin birinchi o‘rinda turaji. Bir kishiga hech narsa bog‘liq bo‘lmay qoladi.

Abbos bizning kelajagimiz, umid qilamanki, u “top-5” ligalardagi jamoalardan biriga o‘tadi.

– Rossiyada Fayzullaev yangi darajaga ko‘tarildi. U “top-5” ligalariga o‘tishga tayyormi?

– Abbos hozirning o‘zida tayyor. Agar u kuchli ligalarga o‘tsa, u erda o‘ynab keta oladi. Fayzullaevga ko‘proq Ispaniya chempionati mos tushadi.

Ta’kidlash joizki, Olimpiya o‘yinlarida asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalar ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu musobaqa iste’dodlarni kashf etib beradigan turnir maqomida muhim ahamiyatga ega.

Kuchli klublar mutasaddilari, skautlari, selektsionerlari, murabbiylari asosan yosh ijrochilar ishtirok etadigan yirik turnirlarda o‘zlariga mos o‘yinchini qidiradi.

Abbosbek Fayzullaev turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalarida muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotganidan beri xorij klublari nazariga tushgani aytiladi. Ayniqsa, o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan TsSKA ko‘chib o‘tganidan keyin 20 yoshli hujumkor futbolchimiz legioner sifatida ham muvaffaqiyatli o‘ynay olishini isbotladi.

O‘tgan yili jami 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 assist qayd etgan Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasining kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisining transfer summasi bir mavsum ichida bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda 6 million evroni tashkil qilmoqda. Hozir Abbosbek Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

Keyingi paytlarda Fayzullaevga Italiyaning “Parma”, Germaniyaning “Bavariya”, Ispaniyaning “Vilyarreal” kabi klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.  

Shomurodov Olimpiadada nima alam qilgani va endi kimga muxlislik qilishini aytdi

Parijda o‘ynagan futbolchimiz Evropaning mashhur klubiga o‘tishi kutilyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Ruziqulov
01/08/2024 22:14
Ezib yubordilaring qayta qayta qoʻyib sizlarda Eldor bilan Abbosdan sports muttahammisilar aniq aytaman ikkilasi ham vatan uchun aytarli hech narsa qilgani yoʻq
Узимдааа Мендааа
02/08/2024 06:49
Хали ЦСКА даги урнини хам йукотиб куймаса катта гап факат макташга харакат киласизлар
Bahtiyor Sp
01/08/2024 21:39
Тайёрга ухшамаяпти
&
Duvlan
01/08/2024 09:23
Одил фолбинни айтгани келсин.