OChL. "Sherlar" ikkinchi davrada "na’ra torta oladimi?"

  • 17 aprel, 2022, 21:45
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi birinchi davrasi o‘z yakuniga etdi. Slavche Voyneski shogirdlari ortda qolgan 3 o‘yindan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldimi? "Paxtakor" OChLda qanday imkoniyatga ega?

Tecno

Bugungi holat:

Turnir jadvali

Ayni damda toshkentliklarni ruhiy holati a’lo darajada, deb bo‘lmaydi. Jamoa muxlislar tomonidan keskin tanqidga uchradi. Birinchi o‘yindan so‘ng markaziy himoyachilar tanqid qilingan bo‘lsa, 3-turda Edmilsonning 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. "Sherlar" guruhda 3 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Lekin vaziyat qo‘ldan boy berilgani yo‘q. Ikkinchi davradagi 2 ta g‘alaba ham pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kifoya bo‘lishi mumkin. Jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin. Shu bois, 6 ochkodan jamg‘argan "Al-Duxail" va "Al-Ta’avun" istalgan o‘yinda ochko yo‘qotishi mumkin. Boshqalardan bir bosh baland bo‘lgan jamoa yo‘qligi bois kurash so‘nggi turda ham davom etishi haqiqatga juda yaqin. Tarkib borasida "Paxtakor" guruhdagi boshqa klublardan ortda emas. Yo‘lga qo‘yilgan o‘yin, bog‘lamlar va kombinatsion futbolda ham vauillarimiz kvartetda hech kimdan orqada emas. Shunchaki, kamroq xato qilish kifoya. Hammasi, "sherlar"ning o‘z qo‘lida. Hali imkoniyat boy berilgani yo‘q.

Ortda qolgan 3 ta tur nima berdi?

Birinchi navbatda, kuchli raqiblar fonida ojiz nuqtalardagi muammolarni ochib tashladi. Mavsum avvalida Krimets va Ismoilov jamoani tark etgandi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni markaziy himoyani kuchaytirish uyoqda tursin, ketganlarni o‘rnini to‘ldirishni ham uddalay olmagani sezilib qoldi. Bu omil Superligamiz fonida ko‘zga tashlanmagani achinarli holat. Aynan shu faktor mahalliy birinchilikning xalqaro maydondagi klublarimiz ishtirokiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishiga misol bo‘la oladi. Xo‘sh, Slavche Voyneski ortda qolgan 3 ta tur davomida qanday sxemalarga murojaat etdi? Qaysi aspektlardagi muammolarni ko‘rdi va qanday xulosalar chiqardi?

"Sepaxon"ga qarshi o‘yindagi sxema:

Persapolis

Eronliklar bilan o‘yin "Paxtakor" uchun juda yaxshi boshlandi. Voyneski shogirdlari tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketdi. Bir qarashda hammasi zo‘r ketayotgandek tuyulgan bir paytda raqib bizni markaziy himoyamizdagi ojiz nuqtalarga birin-ketin zarbalar berishni boshladi. Larin-Xadjiev tandemi o‘sha oqshom birorta epizodda "sherlar"ga yordam bera olmadi. Jamoaviy o‘yin, to‘p nazorati va boshqa ustunliklar urilgan gollardan so‘ng o‘z qiymatini yo‘qotdi. Hisob 1:3 ko‘rinishiga kelgach, "sherlar" o‘yinni tashlab yuborishdi. Natijada, "Sepaxon" hozircha yagona bo‘lib turgan g‘alabasiga erishdi.

"Al-Ta’avun"ga qarshi o‘yindagi sxema:

Al tavun

Slavche bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani darrov sezildi. U Shota Arveladze davridagi sxemani biroz o‘zgartirib, qanot futbolchilarini ortga surdi. Natijada, "sherlar" to‘pni raqibga topshirib tezkor kombinatsiyalar yordamida qarshi hujumlarni uyushtirishga urg‘u berdi. Bu o‘z samarasini bermay qolmadi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ikrom Aliboevning uzatmasidan so‘ng Hojimat Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. "Paxtakor" juda muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritib, kurashga qaytdi!

"Al-Duxail"ga qarshi o‘yindagi sxema:

Persapolis

Afsuski, bu o‘yin borasida fikr bildirish juda alamli. Qatar jamoasi safidagi Edmilson barchasini ostin-ustun qilib tashladi. "Al-Duxail" bilan bahsda ham "Paxtakor" taktik tomonlama raqibdan kuchli ko‘rindi. Futbolchilarning jismoniy holati ham a’lo darajada edi. Ammo raqib safidagi legioner barchasini hal qildi. Odatda, teng kuchli jamoalar to‘qnashuvida ijrochilar katta sahnaga chiqadi. Bu safar "Paxtakor" o‘zi singari jamoaviy kuchli raqib bilan o‘yinda sifatli legioneri yo‘qligi bois mag‘lubiyatga uchradi.

Guruhdan chiqish imkoniyatlari qanday?

kg34ogkokgg

"Paxtakor"da imkoniyat bor. "Sherlar" uchun hali hech narsa boy berilmadi. Barchasi qolgan uch o‘yinda jamoa qanday ruhiy holatda bo‘lishiga bog‘liq. Agar murabbiy kerakli so‘zlarni topa olsa, yigitlar katta ishtiyoq bilan yo‘qotilgan ochkolarni o‘rnini to‘ldirishi mumkin. Klass borasida amaldagi Superliga g‘oliblari kvartetdagi raqiblardan ortda emas. Yo‘lga qo‘yilgan o‘yin mexanizmi esa, istalgan daqiqada "sherlar"ga o‘yindagi ustunlikni ta’minlashi mumkin. Yigitlarning ruhiy holati ko‘p narsani hal etib beradi. Jangovar ruhdagi "Paxtakor" kerak bizga. Aks holda, 6-tur o‘yini biz uchun rasmiyatchilikka aylanishi mumkin. Shu o‘rinda yana bir omil "g‘alaba kaliti" bo‘lib xizmat qilishi shart. Bu - Slavche Voyneskining murabbiylik mahorati. Yodingizda bo‘lsa, mutaxassis Aliboev va Erkinovni zaxiradan o‘yinga qo‘shib, "Al-Ta’avun" bilan bahsda burilish yasagan edi. OChLda kuchli mutaxassislar etarlicha. Ulardan ortda qolmaslik uchun har bir uchrashuvda murabbiy yangi "fishka" o‘ylab topishga tirishadi. 28 aprel sanasida Voyneski "Al-Duxail" etakchisi Edmilsonni qanday bo‘lsa ham zararsizlantirishi kerak. Yo‘qsa, yuqoridagi gap: so‘nggi turda "sherlar" tarkibidagi o‘smirlar OChLda debyut kilishi mumkin bo‘ladi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ruziyev Mahmatqobil
17/04/2022 22:15
Uzbekistonlik hakamlarni quyish kerak shunda poxtakor gurihda birinchi uringa ciqadi
&
Abdulla Hikmatov
18/04/2022 20:58
Paxtakor nohaq kuchlilar qatorida bo'lishga
&
Пахтакор сол
18/04/2022 00:47
Кўрамиз, кўрамиз!
. мансур
17/04/2022 23:20
Суюнов билан Ларинни туширмаса, амаллайди
&
asl_legioner
17/04/2022 22:44
Наъра эмас вагонни торта оладими деб ёзинглар....
&
asl_legioner
17/04/2022 22:43
Алло
&
Abdulla Hikmatov
17/04/2022 22:19
Omad Paxtakorga