
OChL. "Paxtakor"ning guruhdan chiqish imkoniyati qanday? "Sherlar" nimaga umid qilmoqda?
Bugun OChL guruh bosqichining G‘arbiy hududida 5-tur o‘yinlariga start beriladi. Shu munosabat bilan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida "Paxtakor"ning imkoniyatlari borasida ma’lumot berdi.
Har bir guruhdan faqat bitta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqadi - guruh g‘olibi.
G‘arbda beshta guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalardan faqat uchtasi 1/8 finalga chiqadi - eng yaxshi ko‘rsatkichlar (ochkolar, to‘plar farqi, kiritilgan gollar, sariq va qizil kartochkalar uchun ochkolar) bo‘yicha.
Hozirda bitta jamoa 1/8 bosqqich masalasini hal qildi.
"Al-Hilol" (A guruhi)
Nazariy jihatdan "Al-Hilol" guruhda ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin, ammo shunday bo‘lsa ham kuchli uchlikdan joy oladi.
Tabiiyki, bitta guruhda 1/8 finalga aniq chiqa olmaydigan jamoa bor – “Istiqlol”. Bu guruhning yana bir jamoasi ("Sharja") guruhda birinchi bo‘lish imkoniyatini yo‘qotdi, ammo ikkinchi o‘rin orqali 1/8 finalga chiqishi mumkin.
Yana uchta jamoa "Sharja" bilan bir xil holatda:
"Al-Quva Al-Javiya" ("B" guruhi)
"Ahal" ("S" guruhi)
"Paxtakor" ("D" guruhi)
Ayni paytda, “B” guruhida ikkinchi o‘rindan past bo‘lmagan joyni qo‘lga kiritgan, ammo 1/8 finalda ishtirok etishini hali kafolatlanmagan jamoa – Riyodning “Al-Shabab” jamoasi bor. Bugun ular 1/8 finalning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lishlari uchun "Mumbay Siti" bilan durang o‘ynashlari kifoya.
"Paxtakor"ga nima kerak? Qolgan ikkala o‘yinda g‘alaba: bugun "Sepaxon" va seshanba kuni "Al-Ta’avun". Shu bilan birga, "Al-Duhail" bugun "Al-Ta’avun"ga yutqazmaydi, deb umid qilish kerak. Aks holda, “Paxtakor”ning ikkita g‘alabasi ham chempionimizni guruhda uchinchi o‘rinda qoldiradi.
“Al-Duhail” agar “Al-Ta’avun”ga yutqazmasa, “Paxtakor” qolgan har ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, poytaxt klubi 9 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oladi va boshqa guruhlardagi uchrashuvlar yakunlanishini kutadi.
Fikrlar
Жавобгарлик, маъсулият - 0 !!!
Бу латта уйинчилар хар бир маглубиятидан сунг халк олдида кизариб хисобот беришса, яхши булар эди! Маошни факат яхши натижа берсагина олиши керак!