OChL o‘yini oldidan "Lokomotiv"da yo‘qotish yoxud O‘zbekiston MTJ futbolchisi xorijga yo‘l oldi

  • 16 yanvar, 2020, 20:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin. Bu haqda futbol sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

"Lokomotiv" klubi Abu Dabidan Toshkentga Jamshid Iskanderovsiz qaytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi Qatar Superligasi klubi bilan kelishuvga erishgan. Iskanderov aynan qaysi jamoa tarkibiga qo‘shilganini bilishning imkoni bo‘lmadi.

Biroq, u "Loko" bilan emasligi aniq. OChL kvalifikatsiya o‘yinidan oldin bu "temiryo‘lchilar" uchun yo‘qotish, deyish mumkin, - deya yozdi Bobur Akmalov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!