
OChL. OKMK "hayotga qaytish yo‘li"da "Sepaxon" bilan kuch sinashadi
Bugun Osiyo chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari start oladi. Kun doirasida uchta jamoamiz o‘z o‘yinini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
"Nasaf" va "Navbahor" o‘yinidan so‘ng OKMK Eronning "Sepaxon" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, telegramdagi "SPORTS.uz Live" kanalimiz orqali ham o‘yin translyatsiyasini kuzatish imkoniga egasiz.
Ma’lumot o‘rnida, hozirga kelib OKMK o‘z guruhida so‘nggi 4-pog‘onani band etib turibdi. Afsuski, Mirjalol Qosimov shogirdlari 3 ta o‘yinda hali birorta ochko to‘play olmadi.
Fikrlar