
OChL. "Navbahor" joylashgan guruhda vaziyat qanday?
Osiyo Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Nassaji" - "Al Hilol" bahsi riyodliklarning 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 18-daqiqada Mitrovich hisobni ochgan bo‘lsa, Neymar 58-daqiqada farqni ikkitaga oshirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Al Shehri ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, mehmonlar g‘alabani tanatan qildi.
Avvalroq, Namanganning "Navbahor" jamoasi ham "Mumbay Siti" ustidan 3ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan edi.
Mazkur o‘yinlardan so‘ng "D" guruhidagi holat quyidagicha ko‘rinishda.
Fikrlar