OChL. "Navbahor" Eron jamoasini irodali tarzda mag‘lub etib, guruh peshqadami bo‘lib oldi

  • 23 oktabr, 2023, 23:04
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nassaji Mozandaron" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Maydon egalari safida gollarga Oston O‘runov va Abdi (avtogol) mualliflik qildi. Mehmonlarning goli esa Muhammadrizo Ozodi nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "Navbahor" ochkolari sonini 7 taga etkazib, guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Eron klubi hisobida 3 ochko mavjud va ular 3-pog‘onadan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
24/10/2023 08:04
Бабаян узига малакали бош мураббий олиши у узи яхши ташкилотчи
&
Адхамжон Низомов
24/10/2023 00:04
Ахмедов,Абдухоликов.аут
&
ал хилол
23/10/2023 23:30
Бабаянди жамодан хайдаш керак.Тасодиф гол булди
Ilhomjon Feyz
23/10/2023 23:27
Навбахор яхши жамоага айланябди маладес. Лекин хужумчимиз абдухолиқов бабаян деган бола футбол футболчи бўлиши учун оёқ билан калла етишмаябди. Шунчаки футболчиларимиз сонини кўпайтириб юрибди.