
OChL. "Navbahor" - "Al-Hilol": Jamoalar qanday libosda harakatlanishi ma’lum (Foto)
Ertaga OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida "Navbahor" Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun mazkur o‘yin oldidan uchrashuvning tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bo‘lajak bellashuv mas’ullari, har ikki ishtirokchi jamoalar, “Markaziy” stadion vakillari, Namangan viloyati tartibni saqlash idoralari hamda tibbiyot sohasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda uchrashuv komissari Noh Jinkeun va o‘yin nazoratchisi Muhammad Basel Al Hajjarlar uchrashuvning tashkiliy jihatlari yuzasidan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdi.
Shuningdek, ertangi uchrashuvda jamoalar qanday rangdagi liboslarda maydonga chiqishi ham aniqlab olindi. Unga ko‘ra, “Navbahor” ertaga to‘liq oq rangli libosda maydonga chiqadi. Saudiyalik futbolchilar esa ko‘k rangdagi formada harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Al-Hilol” uchrashuvi 28 noyabr kuni soat 21:00 da Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar