
OChL. Legionerlarimiz harakat qilayotgan klublar qaysi guruhlardan joy oldi? (foto)
Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi joriy mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Legionerlarimiz harakat qilayotgan klublarning raqiblari bilan tanishing. Aziz G‘aniev to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "C" kvartetidan o‘rin olgan bo‘lib, ularga Eronning "Fulad", Turkmanistonning "Ahal" hamda Qatarning "Al-Garafa" klublari raqiblik qiladi.
Otabek Shukurovning "Sharja"si o‘z yurishini pley-offdan boshlaydi. Ular Iroqning "Al-Zavra" jamoasini mag‘lub eta olsa, "A" kvartetida "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Al-Rayyan" (Qatar) va "Istiqlol" (Tojikiston) bilan kuch sinashadi.
Fikrlar