OChL. Jamoalarimiz joylashgan guruhlardagi vaziyat bilan tanishing!

  • 24 oktabr, 2023, 12:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OYaL 3-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jamoalarimizdan "Nasaf", "Navbahor" va OKMK o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi. Qarshiliklar safarda "Sharja"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, "Navbahor" o‘z maydonida "Nassaji"ni kambek evaziga mag‘lub qildi. "Konchilar" esa "Sepaxon"ga 1:3 hisobida engildi. 

Tecno

3-turdan keyin jamoalarimiz joylashgan guruhlardagi vaziyat ham o‘zgardi. "A" guruhida "Al Ittihod" birinchilikni hech kimga bermadi. "Sepaxon" va "Eyr Fors" 2 va 3-pog‘onada bo‘lsa, OKMK hali ochko to‘play olgani yo‘q va so‘nggi o‘rinda qolib ketdi. 

ochl_standings_c

"B" guruhida "Nasaf" ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. "Sharja" peshqadam bo‘lib turibdi. "Al Faysali"ga 6 ta gol urgan "Al Sadd" esa 3-o‘rinda. 

ochl_standings_b

"D" guruhida vaziyat o‘zgargani yo‘q. Hali ham "Al Hilol" birinchi o‘rinda ketmoqda. "Navbahor" riyodliklar bilan bir xil 7 ochko to‘plagan, to‘plar nisbati Jezush shogirdlarida yaxshiroq bo‘lgani sabab klub peshqadam bo‘lib turibdi. 

ochl_standings_d

Eslatib o‘tamiz, bugun "Paxtakor" "Ahal"ni qabul qiladi. Toshkentliklar hali ochko ololgani yo‘q. Ushbu bahsni esa "Sports.uz Live" kanalida tomosha qilingishiz mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!