
OChL. Bugun "Navbahor" va "Paxtakor" o‘ynaydi
Bugundan Osiyo chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kecha yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Nasaf" va OKMK o‘ynagan bo‘lsa, bugun "Navbahor" va "Paxtakor" o‘z bellashuvlarini o‘tkazadi.
Dastlab, "Navbahor" Namanganda Hindistonning "Mumbay Mity" klubini qabul qilsa, keyin "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al Fayxa" bilan kuch sinashadi. Namangandagi bellashuv 19:00ga belgilangan. Riyoddagi bahs 21:00da start oladi.
Dastlabki tur Samvel Babayan jamoasi safarda "Al-Hilol" bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekkandi. Maksim Shatskix shogirdlari esa "Al Ayn"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar